35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
DEPUTATLARNING FIDOKORONA MEHNATI YUKSAK E’TIROF ETILDI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35

DEPUTATLARNING FIDOKORONA MEHNATI YUKSAK E’TIROF ETILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🖥 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi Uchtepa tumanida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

🏅 Marosim davomida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining bir guruhi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga tatbiq etish, aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi samarali faoliyati uchun ushbu yuksak e’tirofga munosib ko‘rildi.

🤝 Bugungi kunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning muhim bo‘g‘ini sifatida fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi yaqin va samarali muloqotni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Deputatlarning saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi, murojaatlarni o‘rganishi, hududlardagi ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqishi va ularning amaliy yechimiga hissa qo‘shishi xalq vakilligining muhim ko‘rinishidir.

🇺🇿 Mazkur esdalik nishonlari deputatlarning xalq farovonligi, hudud ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnati va mas’uliyatli xizmatlariga berilgan munosib baho bo‘ldi.

Yuksak e’tirof — xalq xizmatidagi fidoyilikka munosib rag‘bat. Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 9