35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
Quvasoy shahridagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati U.Xolmatov, bosh mutaxassis D.Mirzayeva hamda Kengash huzuridagi "ekspertlar guruhi" a'zosi- shahar hokimining davlat tili bo'yicha maslahatchisi X.Xo'janazarov, "Yoshlar maslahat guruhi" a'zosi J.Alimovlar tomonidan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2001-yil 30-avgustdagi 269-II-son Qonun ijrosi hamda shahardagi Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasiga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida Quvasoy shahrida joylashgan madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, ularning saqlanish holati va ulardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, madaniy meros obyektlarini asrash, ularni kelajak avlodga asl holatini imkon qadar saqlagan holda yetkazish, obyektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli masalalar o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar belgilandi.
Slide 1 of 1