35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yozgi o‘yingohlar holati o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yozgi o‘yingohlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farxod Absalomovich, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi rahbari Hamroyev Jo‘rabek Jamoliddinovich hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yozgi mavsumda bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yingohlarning holatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidagi bolalar maydonchalarining sanitariya va obodonlashtirish holati, o‘yin jihozlarining sozligi hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratilgani ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar bilan suhbat davomida yozgi mavsumda tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, o‘yingohlardan xavfsiz va samarali foydalanish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ularning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayoni uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9