Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shahar Kengashi sessiyasida kun tartibidagi uchinchi masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan Shirin shahar elektr ta’minoti korxonasi rahbari vvb
A.Esonovning hisoboti tinglandi.

Ma’ruzada Farmon talablaridan kelib chiqib, elektr ta’minoti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔹Ichki nazorat kuchaytirilmoqda
Bo‘limda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi takomillashtirilib, xodimlarning huquqiy ongi va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

💻Inson omili kamaytirilmoqda
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish orqali inson omilini kamaytirish, xizmatlarning shaffofligini oshirish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan mexanizmlar takomillashtirilmoqda.

📢Murojaatlar uchun imkoniyatlar kengaytirilgan
Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ham tegishli choralar ko‘rilmoqda.

📌Muhim natija: 2026-yilning 7 oyi davomida Shirin shahar elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilganligi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmagan.
Sessiyada korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholiga yanada ochiq, shaffof hamda qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1