Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA “QIZIL” VA “SARIQ” HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan Parkent tumani IIBda deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi.O‘rganish jarayoni hududda jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish holatini baholashga qaratilgan savolnoma asosida tashkil etilib, mas’ul xodimlardan tegishli ma’lumotlar olindi.Jumladan, deputatlar tomonidan mas’ullarga hududda
jinoyat va huquqbuzarliklarning umumiy holati hamda ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi, ilgari sudlangan va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar berildi.Xususan, ilgari sudlangan shaxslar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish, ularning oilaviy va ijtimoiy sharoitini o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish hamda qayta jinoyat sodir etishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, targ‘ibot-tashviqot hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish davomida hududdagi “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish, profilaktika inspektorlari, mahalla va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 8