Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT TOMONIDAN ASFALTLASHTIRISH ISHLARI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI O‘RNATILDI.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Parkent tumanida hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna bilan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida “Istiqbol” MFY hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasida fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirilgan edi.Mazkur murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalani amaliy hal etish yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.Bugungi kunda “Istiqbol” MFY hududidagi “Bog‘bon”, “Barkamol avlod-1”, “Barkamol avlod-2”, “Barkamol avlod-3” va “Barkamol avlod-4” ko‘chalarining jami 2 kilometr qismida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.Mazkur ishlarning borishi va sifatini o‘rganish maqsadida deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan joyiga chiqib jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Unda “Istiqbol” MFY raisi M. Qoraboyev ham deputat bilan birgalikda ishtirok etib, asfaltlashtirish ishlarining borishi, sifati va belgilangan talablar asosida bajarilishini joyida o‘rgandi.Nazorat davomida yo‘l qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Fuqarolar o‘z murojaatlari asosida ichki yo‘llarning asfaltlashtirilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uchun minnatdorlik bildirdilar.  

Slide 1 of 3