Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLADA TADBIRKORLIK VA BANDLIK MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat M. Raimdjanov tomonidan 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugidagi Yangi bog‘ MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi.

Jarayon davomida mahalladagi hokim yordamchisi U. Mahmudov ko‘magida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy samaradorligiga e’tibor qaratildi.
O‘rganishda Yangi bog‘ MFY raisi M. Madaminov ham ishtirok etdi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholining daromad manbalarini kengaytirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4