Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
📌 #Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi.



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov tomonidan Chinoz tumani Moliya va iqtisod bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, mahalliy byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda belgilangan dastur va loyihalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismini shakllantirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Muloqot davomida sohada erishilayotgan natijalar bilan bir qatorda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ham fikr almashildi. Faoliyat samaradorligini yanada oshirish, byudjet mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Deputat tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, hududda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish xalq manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🔰 Deputatlik o‘rganishlari orqali hudud rivoji, mablag‘lardan samarali foydalanish va aholi manfaatlariga daxldor masalalarning o‘z vaqtida hal etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 4