Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGI QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E. Yunusov tomonidan o‘ziga biriktirilgan loyihalar doirasida tadbirkorlik subyektlarida amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosini o‘rganish maqsadida “Golden Valley Fasteners” MChJ faoliyatida olib borildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektining qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlari, faoliyat yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatining qonuniyligi hamda mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur Qonunning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi uchun zarur kafolat va shart-sharoitlarni yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish, shuningdek, hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

E. Yunusov tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar va takliflar shakllantirilishi belgilandi.

Slide 1 of 4