Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#Chinoz_tumani Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi


✅Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga Ekologiya partiyasidan 17-Sutchilar saylov okrugidan saylangan deputat X.Arabbayevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligi masalalari o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi ma'lum bo'ldi.

♻️Mazkur rejaga ko‘ra, 2026-yil davomida jami 28 101 nafar aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan:
🔹Doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha – 4 039 ta;
🔹“Loyihaviy yondashuv” va infratuzilma loyihalari orqali – 18 743 ta;
🔹Ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish hisobiga – 5 319 ta.

Slide 1 of 3