Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#Deputat_o‘rganishi #Fuqarolar_murojaati FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 21-Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat R.Fozilova tomonidan "Samarqand" va “Madaniyat” mahallalarida fuqarolar murojaatlari hamda hududdagi ijtimoiy muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida Tashabbusli budjet loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘i bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ma’lumot uchun, 2025-yil 1-mavsum yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, “Madaniyat” mahallasi 1 190 ta ovoz to‘plab, “Besh qayrag‘och”, “Islohot”, “Charxpalak”, “Termiz” hamda Kamoliddin Behzod ko‘chalariga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasi bilan g‘olib deb topilgan.

🔎 Deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganish davomida loyiha doirasidagi ishlar to‘liq yakuniga yetkazilmagani aniqlandi.
Jumladan, mazkur ko‘chalarga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan bo‘lsa-da, suv qudug‘iga o‘rnatilgan nasosning quvvati aholini yetarli darajada ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini bermayotgani ma’lum bo‘ldi.

❗️ Natijada, loyiha g‘olibi bo‘lganiga qaramay, ushbu ko‘chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bugungi kunga qadar barqaror va uzluksiz ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagan.

📄 Fuqarolarning murojaatlari va o‘rganish natijalari asosida Chinoz tumani hokimiga tegishli tartibda xat kiritildi.
Unda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, loyihani belgilangan talablar asosida to‘liq yakunlash hamda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasini ijobiy hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

🤝 Deputat nazorati — fuqarolar murojaati yechim topguniga qadar davom etadi.

Slide 1 of 4