35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
“O‘zbekiston” mahallasida deputatlik faoliyati va mahalla faollari ishi tahlil qilindi

Shu maqsadda, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “O‘zbekiston” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyatini tahlil qildilar.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisining faoliyati tahlil qilindi.

Jumladan, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida xotin-qizlar faoli faoliyati ham atroflicha tahlil qilindi.

Xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasidagi ishlarning holatiga baho berildi.

Bundan tashqari, Kengashning 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyevaning deputatlik faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, deputatning saylovchilar bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishi, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yishi, deputatlik nazoratini amalga oshirishi hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etishdagi ishtiroki tahlil qilindi.

Tahlil jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mahallada yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish hamda deputatlik faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan zarur tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish, mahalla faollari faoliyatini takomillashtirish va aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2