35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
KO‘CHAMA-KO‘CHA — XALQ OVOZI,  AMALIY NATIJA!

KO‘CHAMA-KO‘CHA — XALQ OVOZI,  AMALIY NATIJA!

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Rayhon Matyaqubova O‘shoq qala mahallasidagi Tadbirkorlar va Obod maskan ko‘chalarida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida imkoniyati cheklangan fuqaro Bekchanov Murodjon farzandini hamda fuqaro Rahimov Ibrat Farhodovich ikki nafar farzandini 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotiga bepul qabul qilish va tarbiyalashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmay, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masala o‘rganildi va ijobiy hal etildi.
Bunday amaliy sa’y-harakatlar xalq vakilining fuqarolar bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholi muammolarini joyida hal etishga qaratilgan muhim qadamdir.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash va ularga amaliy yechim topish — xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 1