35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#qonun ijrosi #deputat nazorati #tadbirkorlik faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Qonuni (№OʻRQ-642-son) ijrosini ta'minlash hamda mahallalarda aholining oʻzini oʻzi band qilishini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar doimiy e'tiborda.
Xususan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova tomonidan shahrimizdagi Mahmudxoʻja Behbudiy mahallasida istiqomat qiluvchi, tikuvchilik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan L.Oʻrinboyevaning faoliyati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

💼Mahalla hokim yordamchisining bevosita tashabbusi bilan fuqaroga uy sharoitida tikuvchilik faoliyatini kengaytirishi va kerakli zamonaviy texnik uskunalarni xarid qilishi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga koʻmaklashilmoqda.
🔰Qonunning tegishli moddalariga muvofiq, fuqaroning oʻz mehnati bilan daromad topishi va mustaqil bandligini ta'minlashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
❇️Mazkur masala qonun talablari asosida "Hunarmand" uyushmasiga a'zo boʻlish, imtiyozlardan unumli foydalanish va faoliyatni qonuniy tartibda yanada kengaytirish yoʻnalishida atroflicha koʻrib chiqildi.
⚖️ Qonun talabidan: "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash aholi bandligini ta'minlashning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Shahrimizda mazkur qonun ijrosi yuzasidan oʻrganishlar izchil davom ettiriladi. Mazkur yoʻnalishda oʻrganishlarni tizimli tashkil etish va monitoring olib borishga Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mas'ul xodimi Mukarram Ne'matullayeva mas'ul etib belgilandi.

Slide 1 of 7