35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi

 Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 20-Yangiarab saylov okrugi deputati A.Qoʻqanov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi A.Jumayev ishtirokida Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganish davomida mazkur tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar hamda tibbiy jihozlardan foydalanish holati koʻzdan kechirildi. Maʼlumot uchun, Yangiarab mahallasida 6 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi va oilaviy shifokorlik punkti ushbu hudud aholisiga birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatib
kelmoqda.
Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatishda qonuniylik va adolat tamoyillariga qatʼiy rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tibbiyot xodimlari korrupsiyaga qarshi murosasiz
munosabatda boʻlishga, xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga hamda fuqarolarning murojaatlariga masʼuliyat bilan yondashishga chaqirildi.
  

Slide 1 of 3