35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
📍 Xaftalik tasdiqlangan reja asosida deputat saylov okrugidagi mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi monitoring qilindi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining haftalik tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, 23-Ijtimoiyat saylov okrugi deputati Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich ishtirokida Ijtimoiyat mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar monitoring qilindi.
Monitoring davomida mahalla profilaktika inspektorining faoliyati, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hamda hududdagi kriminogen vaziyat atroflicha o‘rganildi.
✅ O‘rganish natijalariga ko‘ra:
Joriy yil davomida mahalla hududida birorta ham jinoyat sodir etilmagani qayd etildi. Shu sababli Ijtimoiyat mahallasi "yashil" toifadagi mahallalar qatoridan joy olgan.
Ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan 5 nafar fuqaro mahalla yettiligi tomonidan doimiy nazoratga olinib, ular bilan individual profilaktik ishlar olib borilayotgani ma'lum qilindi.
Mahalla hududida hozirda 2 ta kuzatuv kamerasi faoliyat yuritayotgani, jamoat xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida esa qo‘shimcha 4 ta PTZ yoki Face ID turidagi zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, mavjud va o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan kuzatuv kameralarini tegishli tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
🔹 Jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi bunday monitoring tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 2