35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

📚 Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son) hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni (2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son) talablari asosida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganilib, deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Madaniyat va ma’rifat markazi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi holati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholining kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, kutubxonalar yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholining bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini boyitish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3