35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
“Eskishаhar” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Nazorat-tahlil tadbiridan so‘ng, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahalla hududining sanitariya va obodonlik holati, ko‘chalarni tartibga keltirish, hududlarni tozalash, yashil maydonlarni saqlash hamda aholi uchun qulay va shinam muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va mahallaning ko‘rkamligini oshirish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mahallalarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar nafaqat mavjud holatni tahlil qilish, balki aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish va hududlar obodligini ta’minlashga qaratilgan.
Slide 1 of 3