35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
🏛 Davlat kadastrlari palatasida O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi o‘rganildi

🏛 Davlat kadastrlari palatasida O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi o‘rganildi

Belgilangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Jumladan, Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi hamda Qonun ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3