Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvaliyeva tomonidan aholi o‘rtasida moliyaviy firibgarliklarning oldini olish, xususan, o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari hamda bank kartasi rekvizitlarini qo‘lga kiritishga urinayotgan firibgarlarning turli usullari haqida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarga bank kartasi raqami, amal qilish muddati, SMS-kod va maxfiy parollarni hech kimga bermaslik, shubhali telefon qo‘ng‘iroqlari va havolalarga ishonmaslik, bank xizmatlaridan faqat rasmiy manbalar orqali foydalanish lozimligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, kiberjinoyatlar va firibgarlik holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning mol-mulki va mablag‘larini ishonchli himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 2