Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#Deputat_nazorati

Tashkilot rahbari va deputat tomonidan moliya bo'limi byudjetining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat A. Nazirov tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilot – Angren shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J. Yuldashev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida kelgusi davr uchun mahalliy byudjetni shakllantirish jarayonlari, byudjet mablag‘larini samarali va maqsadli rejalashtirish, ustuvor yo‘nalishlarga moliyaviy resurslarni yo‘naltirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, byudjet intizomini mustahkamlash, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha va dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Deputat tomonidan byudjet mablag‘larining shaffofligi va samaradorligini ta’minlash, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalarni ustuvor ravishda qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan mahalliy byudjet mablag‘larining shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanish yuzasidan deputatlik nazorati tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3