Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Ishchi yig‘ilishda sessiya yakunlari va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda hafta davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

Yig‘ilish kun tartibidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi yakunlarini tahlil qilish ham muhim o‘rin oldi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosini tizimli tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan saylov okruglari va mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar, deputatlik nazorati tadbirlari, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Yig‘ilish yakunida sessiyada qabul qilingan qarorlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta'minlash, hududlardagi o‘rganishlarni izchil davom ettirish hamda Kengash faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3