Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
AHOLI MUAMMOSI JOYIDA O‘RGANILIB, IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi kotibiyat mudiri Vaisov Mash'al Islomovich o‘zi saylangan okrug — Munis-Xorazmiy mahallasining Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nurmetov Alisher Sapaevich hamrohligida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rgandi.

👉Muloqot davomida fuqarolar ushbu hududdagi transformatorning eskirgani sababli elektr energiyasi kuchlanishi pastligi, buning natijasida maishiy texnikalardan foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ta'kidlab, mavjud transformatorni zamonaviy va quvvati yuqori transformatorga almashtirish bo‘yicha murojaat bildirdilar.

📝Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariyati bilan tezkor maslahatlashuv o‘tkazildi. Natijada, eski transformator o‘rniga korxona tasarrufidagi quvvati yuqori transformatorni o‘rnatish ishlari zudlik bilan boshlab yuborildi.

📆Qisqa muddat ichida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi murojaati o‘z yechimini topdi va hududda elektr ta'minoti sifati yaxshilandi.

✅Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida e'tibor qaratish, ularni joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi sa'y-harakatlar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 1