Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Termiz shahrida bolalar maydonchasining xavfsizligi deputatlik nazoratiga olindi

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida bolalar maydonchasining ta’mirtalab holga kelgani, maydonchadagi konstruksiyalarning nosozligi va eskirganligi aniqlandi. Mazkur holat, ayniqsa, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va xavfsiz o‘tkazishi, ularning salomatligi hamda hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan jiddiy e’tibor talab qiladi.
Deputat tomonidan mas’ul tashkilotga:
▪️ bolalar maydonchasini ta’mirlash va zarur o‘yin uskunalari bilan jihozlash;
▪️ mavjud o‘yin konstruksiyalarining texnik xavfsizlik holatini ko‘zdan kechirish;
▪️ bolalar uchun xavfsiz va sanitariya me’yorlariga mos sharoit yaratish;
▪️ zarur obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
▪️ amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga yozma javob taqdim etish
bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.
Bu kabi o‘rganishlar deputatlik faoliyatining faqat muammoni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, aniqlangan muammoning amaliy yechimini nazorat qilishga qaratilganini ko‘rsatadi.
Bolalar foydalanadigan maydonchalarning xavfsizligi — oddiy obodonlashtirish masalasi emas. Bu, avvalo, bolalar hayoti va salomatligi, ota-onalar xotirjamligi hamda mahalladagi xavfsiz muhit bilan bog‘liq masaladir.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettiradi.