Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
QO'SHMA DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI

QO'SHMA DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Nargiza Anvarovna Yarmuxamedova va Mavlon Raxmatillayevich Boboxonovning 1-qds-383-26-sonli qo‘shma deputatlik so‘rovi Samarqand viloyati hokimi A.Boboyevga yuborildi.

📱So‘rovda Narpay tumani markaziy shifoxonasi tumanning 207 ming nafardan ortiq aholisiga ixtisoslashtirilgan va statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi asosiy davolash muassasasi ekani, biroq shifoxonada 1978-yilda o‘rnatilgan lift bugungi kunda texnik jihatdan eskirib, foydalanishga yaroqsiz holga kelgani qayd etildi.

➡️Ta’kidlanishicha, liftning ishlamasligi oqibatida og‘ir ahvoldagi bemorlar, homilador ayollar, jarrohlik amaliyotidan chiqqan bemorlar hamda harakatlanishi cheklangan fuqarolarni yuqori qavatlarga olib chiqishda jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini cheklab, tibbiyot xodimlari faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

🌀 Shu munosabat bilan Narpay tumani markaziy shifoxonasiga 1000 kg yuk ko‘tarish quvvatiga ega, 4 qavatga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy passajir liftini xarid qilish va o‘rnatish, buning uchun zarur mablag‘ni viloyat budjeti yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratish hamda mazkur masala yuzasidan amaliy yordam so'ralgan.

🔴Aholiga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish, og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun qulay sharoit yaratish hamda Narpay tumani markaziy shifoxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasi deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 1