Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 38-Xumor saylov okrugi deputati Nargiza Kenjayeva saylov okrugi hududidagi “Yangiobod” mahallasida ko'cha boshilar bilan uchrashib, 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

✔️Uchrashuvda mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar hamda saylovchilar ishtirok etdi. Deputat hisobotida aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

📊 Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida 4 marotaba sayyor qabul tashkil etilib, 34 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilgan. Kelib tushgan 29 ta murojaatdan 13 tasi ijobiy hal etilib, qolgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

🔴Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash masalalarida amaliy ko‘mak berish hamda yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham axborot berildi.

🤝Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3