Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Xakimova hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Damariq mahalla fuqarolar
yig‘inida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish
borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida hokim yordamchisining amaliy ko‘magi bilan imtiyozli
kredit mablag‘lari asosida issiqxona tashkil etib, limon ko‘chatlari
yetishtirish orqali o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan yosh
tadbirkorning loyihasi atroflicha o‘rganildi. Xususan, ajratilgan kredit
mablag‘larining maqsadli o‘zlashtirilishi, issiqxonada amalga oshirilayotgan
ishlar hamda loyihaning kelgusidagi rivojlanish yuzasidan fikr almashildi.
 

Shuningdek, mazkur tashabbus yoshlar bandligini ta’minlash, oila daromadini
oshirish va tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirishga xizmat
qilishi alohida ta’kidlandi.
 

O‘rganish davomda tadbirkor tomonidan aytilgan muammolar “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga qayd qilinib, hal etish masalalalari nazoratga
olindi.
 

Hokim yordamchisiga bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvatlash va tavsiyalari
berildi.
  

Slide 1 of 4