Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

 FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “16-Yangi Hayot” saylov okrugidan
saylangan deputati B.Abduraximov Gulobod mahalla fuqarolar yig‘inida
saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga
oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil hisobot berdi.
 

Uchrashuvda Kengash xuzuridagi Eksport maslahat guruhi a’zosi S.Teshaboyev,
kotibiyat mutaxassisi M.To‘xtasinov, tuman tashkilotlari mas’ullari, “mahalla
yettiligi” vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
 

Muloqot davomida deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash,
deputatlik so‘rovlari yuborish, davlat organlari bilan hamkorlikda hududdagi
mavjud muammolarni bartaraf etish, shuningdek, saylov okrugi hududida amalga
oshirilgan bunyodkorlik ishlari va ijtimoiy loyihalar yuzasidan batafsil
ma’lumot berildi.
 

Shuningdek, uchrashuv davomida ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr
ta’minotini yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar
yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, fuqarolar tomonidan taklif
va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar vakillari
ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq
chora-tadbirlar belgilandi.
 

Shu bilan birga, deputat tomonidan aholini qiynab kelayotgan dolzarb
muammolar, xususan, energetika sohasidagi mavjud holat yuzasidan fuqarolarning
fikr-mulohazalari va takliflari alohida o‘rganildi. Uchrashuv yakunida
ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga amaldagi qonunchilik talablari asosida
batafsil tushuntirish va huquqiy izohlar berildi.
  

Slide 1 of 2