Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.

#24_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.

Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li – 3-Paxtakor saylov okrugi

1. "Birlashuv" mahallasida joylashgan 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rinli hojatxona qurish.
Maqsad: ta’lim muassasasida sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun zamonaviy hamda qulay sharoit yaratish.
Kutilayotgan natija: maktabning sanitariya infratuzilmasi yaxshilanib, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish va ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur sharoit yaratiladi.
2. "Birlashuv" mahallasida joylashgan 23-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport zali qurish.
Maqsad: o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini zamonaviy sharoitda tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
Kutilayotgan natija: o‘quvchilar uchun barcha fasllarda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkoniyati yaratiladi, jismoniy tarbiya sifati va sportga qiziqish oshadi.
3. "Birlashuv" va "Yangiobod" mahallalari hududidan o‘tuvchi 30V007b (4K496b) avtomobil yo‘lining Qorakamar qishlog‘iga olib boruvchi 9-kilometrdan boshlangan 3 kilometr qismini asfaltlashtirish.
Maqsad: hududdagi transport infratuzilmasini yaxshilash, aholi va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishini ta’minlash.
Kutilayotgan natija: yo‘lning asfalt qoplanishi natijasida qatnov sifati yaxshilanadi, transport harakati xavfsizligi va qulayligi oshadi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati yaxshilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1