Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat so‘rovi natijasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘iga yuborilgan deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob olindi.
Javob xatida ma’lum qilinishicha, deputatning 2026-yil 20-iyuldagi №54-ds-413-26-sonli deputat so‘rovi boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganilgan.
O‘rganish jarayonida Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘chasi, Nosirxon masjidi qarshisidagi yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarni kamaytirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda barcha yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilangan.
Xususan, mazkur hududga 3.24 “Tezlik chegaralangan”, 1.21 “Bolalar”, 5.38 “Turar joy dahasi” hamda 5.39 “Turar joy dahasining oxiri” yo‘l belgilarini o‘rnatish bo‘yicha Toshkent shahar Yo‘l harakatini texnik tashkil etish va ekspluatatsiya qilish markaziga tegishli ko‘rsatma berilgani ma’lum qilingan.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar yuzasidan deputat nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1