Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Oilaviy ajrimlarning oldini olish – muhim ijtimoiy vazifa

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston va Terakzor mahallalariga tashrif buyurib, mahalla raislari hamda mahalla imomlari ishtirokida oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlash va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazdi. Muloqot davomida tumanda oilaviy ajrimlarni keltirib chiqarayotgan asosiy omillar, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla institutining
bu boradagi o‘rni va mas’uliyati atroflicha muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, oila tinchligi va barqarorligi jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Shu bois mahalla raislari, imomlar, xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar
o‘zaro hamkorlikda har bir murojaatni chuqur o‘rganishi, kelishmovchiliklarni erta aniqlab, ularni murosa yo‘li bilan bartaraf etishga alohida e’tibor qaratishi zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida aholi o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda ajrimlarning oldini olishga qaratilgan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4