Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARDA YASHOVCHI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan Nayman mahallasida "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda hududdagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholining mavjud muammolari va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

📇 Bugungi kunda Nayman mahallasida jami 32 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularda 1 701 ta xonadon, 2 023 ta oila va 5 775 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Uchrashuv davomida ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish, ichki yo‘llar va jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📹 Ma’lum qilinishicha, 2022-yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati mablag‘lari hisobidan hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofiga 90 dona kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan. Biroq bugungi kunga kelib, ularning aksariyati texnik nosoz holatga kelgan. Hozirda BSK tomonidan o‘rnatilgan 20 dan ziyod kuzatuv kamerasi faoliyat yuritmoqda.

🕯 Mahalla yettiligi tomonidan ko‘p qavatli uylar oldidagi hududlarni obodonlashtirish maqsadida 5 uyning oldi asfalt qoplamasi yotqizish hamda hududga qo‘shimcha 30 dona zamonaviy kuzatuv kamerasi o‘rnatish takliflari bildirildi.

🗂 Mazkur masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-iyundagi “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–209-son qarorida belgilangan vazifalar doirasida muhokama qilindi.

📈 Deputat Saodat Malikova tomonidan aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, kuzatuv kameralarining texnik holatini o‘rganish va ishlamayotgan qurilmalarni qayta ishga tushirish, shuningdek, qo‘shimcha kameralar o‘rnatish hamda asfaltlashtirish masalalarini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

Slide 1 of 3