Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
O‘RABOSHI MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

 O‘RABOSHI MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Oripova, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan O‘raboshi mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. 

  

O‘rganish davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida “PLANDEM” MChJ tomonidan O‘raboshi ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan
kechirildi. Xususan, mahalla hududida barpo etilayotgan 3 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘laklari qurilishining sifati, ishlarning belgilangan loyiha va muddatlar asosida olib borilishi hamda qurilish jarayonining holati o‘rganildi.
 

  

Shuningdek, qurilish ishlari davomida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot vakiliga deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. 

  

O‘rganish yakunida ko‘cha boshi O.To‘ychiyev tomonidan ko‘tarilgan takliflar tinglanib, ular “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Bildirilgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.  

Slide 1 of 4