Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLADAGI MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

 MAHALLADAGI MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, “Madad” NNT Quva tuman vakili X.Qodirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov ishtirokida Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
 

  

O‘rganish davomida xalq deputatlari Quva tuman Kengashining sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala doirasida “Farg‘ona tozalik sanitar servis”
MChJ Quva tuman filiali tomonidan mahallada sanitariya-ozodalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va obodonlashtirish ishlari, shuningdek,
mahallaning Yuqori Begobod ko‘cha masalalari o‘rganildi.
 

  

Bunda deputat ko‘chaboshisi K.Nurinboyev bilan uchrashib, hududdagi dolzarb muammolar, fuqarolarning taklif va murojaatlarini tingladi. Fuqarolar tomonidan
toza hududi korxonasi yaxshi ishlamayotganligi, o‘z vaqtida chiqindilar olib chiqib ketilmayotganligi, ko‘chalaridagi elektr sim yog‘ochlari ma’nan
eskirganligi, almashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lishini, shuningdek mahalla qabristoni devori nurab qolganligi, yangidan tiklash masalalarini ko‘tardilar.
 

  

O‘rganish yakunida ko‘cha boshisi hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.  

Slide 1 of 4