Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Tortuli mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari o‘rganildi
#_24_ta_masala
#_deputat_faoliyati
Tortuli mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari o‘rganildi


Aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni obod va fayzli maskanga aylantirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatini ta'minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov tomonidan Tortuli mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada bunyod etilayotgan qurilish obyektlari, hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalik ishlarini tashkil etish hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan loyiha va me'yoriy talablar asosida amalga oshirilishi, qurilish jarayonlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan monitoring olib borildi.
Mas'ul tashkilotlar vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida har bir obyektdagi ishlarning borishi muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududning sanitariya holatini yuqori darajada saqlash, aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Hududlarni obod qilish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish va fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 3