Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala "Shabnam" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
"Shabnam" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov tomonidan tumandagi "Shabnam" mahallasida mahalla "yettiligi" a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahallada olib borilayotgan ijtimoiy himoya ishlari, ijtimoiy xodim faoliyati hamda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv davomida mahalla "yettiligi" tomonidan aholi bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini aniqlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlarning shaffof va adolatli yetkazilishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holati, ularga ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy ko‘mak, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Uchrashuv yakunida mahallalarda "yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlarni aholiga to‘liq yetkazish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish borasidagi bunday o‘rganishlar kelgusida ham muntazam davom ettiriladi.
Slide 1 of 3