Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#QonunchilikdagiYangiliklar #HuquqiyAxborot ❗️Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtiriladi

Mazkur qarorga muvofiq, 2026-yil 1-noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tomonidan master rejalarning yagona elektron reyestri yuritiladi hamda ularning raqamlashtirilgan nusxalari Milliy qo‘mitada saqlanadi.

Shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan master rejalarni amalga oshirishga, shuningdek ular asosida shaharsozlik, qurilish, investitsiya va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qarorga asosan, aholi punktining bosh rejasi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch oy muddatda uni amalga oshirish bo‘yicha Kompleks dastur ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Bunda:

🔹 Kompleks dastur 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallanadi;
🔹 unda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari hamda amalga oshirish muddatlari aniq belgilanadi;
🔹 Kompleks dasturning ijrosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari majlislarida ko‘rib chiqiladi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritiladi;
🔹 bosh rejasi mavjud bo‘lmagan yoki ishlab chiqilganiga 10 yil va undan ortiq muddat bo‘lgan aholi punktlarining bosh rejalari hamda batafsil rejalashtirish loyihalari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ishlab chiqiladi.

Mazkur qaror shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda urbanizatsiya jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishga xizmat qiladi.