Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
Hunarmand faoliyati va davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi T.Maxmudov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida "G‘ishtko‘prik" MFY, Jasorat ko‘chasi 11-uyda yashovchi hunarmand J.Umarovning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi ko‘magida hunarmandga 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ hisobidan o‘z faoliyatini rivojlantirish va biznesini kengaytirish imkoniyati yaratilgan.

Bugungi kunda J.Umarov oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib, mahalla aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi daromad manbalarini yaratish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish hamda aholi bandligini oshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6