Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan o‘zi saylangan hududdagi "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika tizimi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallaga kirish va chiqish yo‘llarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining texnik holati, ularning uzluksiz ishlashi, kuzatuv qamrovi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, qo‘shimcha videokuzatuv kameralarini o‘rnatish orqali nazorat tizimini yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektori, mahalla raisi, mahalla faollari va boshqa mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4