Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan
ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi M. Zoirovning faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, o‘tkazilgan tadbirlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Bildirilishicha, joriy yil boshidan buyon mahalladagi 9 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 3 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan.O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan hududda tashkil etilgan loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish,
o‘zini o‘zi band qilish va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan loyihalar faoliyati ko‘zdan kechirildi.Jumladan, yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mahalla yig‘ini markazidagi “Yoshlar guzari” hududida tikuvchilik sexi, maishiy texnikalarni ta’mirlash ustaxonasi hamda mebel ishlab chiqarish sexi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.Mazkur loyihalar doirasida mahalladagi ishsiz yoshlar doimiy ish bilan ta’minlanib,ular uchun barqaror ish o‘rinlari yaratilgani aniqlandi.O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2