Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik vakolati doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.O‘rganish jarayonida poliklinikada mavjud dori zaxiralari, ularning saqlanish sharoiti, bemorlarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi hamda bepul dori-darmon olish huquqiga ega fuqarolarni qamrab olish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur jarayonlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi tomonidan poliklinikada aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar,bepul yetkazib beriladigan dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi, dorilar hamda tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash mexanizmlari va ushbu jarayonlarga mas’ul bo‘lgan mutasaddilar haqida batafsil ma’lumot berildi.Deputat mas’ul mutaxassislar bilan suhbatlashib, dori vositalarining kirim-chiqim hisobi, elektron retseptlar asosida tarqatilishi va fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar holati yuzasidan ma’lumotlar oldi.Shuningdek,surunkali kasalliklarga chalingan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash masalalari muhokama qilindi.O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishi va bepul dori-darmonlar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishi ustidan deputatlik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 7