Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
“Jayhun” mahallasida deputatlik faoliyati mezonlari asosida o‘rganish olib borildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Jayhun” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosiy mezon sifatida olindi. Jumladan, deputatning saylovchilar bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishi, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlashi, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritishi hamda muammolarning amaliy hal etilishi ustidan nazoratni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmoni talablari asosida mahallada boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlashning zamonaviy va manzilli mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ham tahlil qilindi.
Mahalladagi mavjud holatni o‘rganishda aholining murojaatlari, ijtimoiy masalalar, obodonlashtirish, infratuzilma, bandlik va boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.
Asosiy maqsad — deputatlik faoliyatini aholi manfaatlari bilan yanada uyg‘unlashtirish, mahalladagi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashdir.