Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI

#Deputatlik_faoliyati #Doimiy_komissiya_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARI: AHOLIGA KAFOLATLI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI

📂 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-noyabrdagi 598-sonli “Toshkent shahar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🕯 Jumladan, Xondamir mahallasida yangi elektr taqsimlash qurilmasi (ERP) barpo etilmoqda. Mazkur loyiha Degrez, Bog‘ichinor, Sofayizbog‘, Nishabariq, Beshqayrag‘och, Xondamir, Ibrat hamda Sharq Yulduzi mahallalarida elektr ta’minotini yanada yaxshilash, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi uzilishlarning oldini olish va nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda elektr energiyasini qisqa muddatda qayta tiklash imkonini beradi.

⚡️ Ayni paytda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

🇺🇿 Shu maqsadda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich loyiha amalga oshirilayotgan hududga chiqib, qurilish-montaj ishlarining borishini o‘rgandi.

📝 O‘rganish davomida mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, kuz-qish mavsumiga qadar loyihani to‘liq ishga tushirish hamda elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur ishlarning borishi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 5