Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Aholi muammolari hamda "Dolzarb 40 kunlik" doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan o‘z saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aholi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda ijtimoiy yordam masalalari yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida muammolarning yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgiladi.

Shuningdek, tumanimizda amalga oshirilayotgan "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi ham o‘rganildi. Xususan, ko‘cha va xiyobonlarni tozalash, ariq-zovurlarni tartibga keltirish, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash, aholi yashash maskanlarining sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ayrim hududlarda ishlar ijobiy tashkil etilgani qayd etildi. Shu bilan birga, obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, ko‘kalamzorlashtirish hajmini oshirish, ekilgan ko‘chatlarni muntazam parvarishlash va aholining ushbu jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3