Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
340-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARINING BORISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI

#Deputatlik_faoliyati #Doimiy_komissiya_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

340-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARINING BORISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan “Ochiq budjet” loyihasining 2026-yilgi 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida 340-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.

🧠 Ko‘zdan kechirish davomida muassasaning barcha hojatxonalari, kanalizatsiya tizimi va yerto‘la quvurlarini ta’mirlash, shuningdek, eskirgan eshik va deraza romlarini yangilash, tokchalar o‘rnatish hamda yangi romlar o‘rnatilgach, otkos qismlarini ta’mirlash ishlari holati ko‘rib chiqildi.

🕯 Shuningdek, bino ichki va tashqi sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvurlarini ta’mirlash, oshxonani to‘liq yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishiga ham e’tibor qaratildi. Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlarini “Trest-5” MChJ amalga oshirmoqda.

🗣 Doimiy komissiya faoliyati doirasida o‘tkazilgan o‘rganishda “Ochiq budjet” loyihasi mablag‘lari hisobidan bajarilayotgan ishlarning belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi, qurilish-ta’mirlash jarayonining sifati va ishlarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ishlarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7