Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xususiylashtirish dasturi ijrosi tahlil qilindi

 Xususiylashtirish dasturi ijrosi tahlil qilindi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari S.
Matyaqubova va A. Erkinov tomonidan navbatdagi VII chaqiriq,
32-sessiya kun tartibiga kiritilgan Qo‘shko‘pir tumani hokimining birinchi
o‘rinbosari S. Pirnapasovning xususiylashtirish dasturi ijrosi yuzasidan
hisoboti to‘g‘risidagi masala joyiga chiqib o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar,
belgilangan vazifalarning bajarilish holati, davlat mulki obyektlarini samarali
boshqarish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan olib borilayotgan
chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dastur ijrosining
amaldagi holati, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar o‘rganilib, ularni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
 

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik
tamoyillarini ta’minlash, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta
tayyorlash hamda xalq deputatlari tomonidan samarali deputatlik nazoratini
amalga oshirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 1