Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗️ Deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qorabog‘” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗣️ Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va amaliy choralar belgilandi.

🤝 Deputatlar tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududdagi muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🏗️ Deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov hamda 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarov tomonidan “Guliston” mahallasi hududida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📍 Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosi hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida “Navro‘z” hududiy bo‘limini rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔎 Shuningdek, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha ijrosining borishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchilik va masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ularning sifatli bajarilishi va belgilangan muddatlarda yakunlanishi doimiy nazorat ostida bo‘ladi.

Slide 1 of 4