Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasida barpo etilayotgan turar joy, savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi loyihasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgani, qurilish-montaj ishlarining sifati, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish ishlari hamda qurilishning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.


O‘rganish jarayonida “Guli Sharq Qurilish” MChJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlarining atrof-muhitga ta’siri, sanitariya talablariga rioya qilinishi, qurilish chiqindilarini o‘z vaqtida olib chiqish, qurilish maydonida tartib-intizomni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, turar joy, savdo va  xizmat ko‘rsatish majmuasida aholi uchun zamonaviy yashash sharoitlarini yaratish, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar, bolalar va sport maydonchalari, avtoturargohlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar bilan tanishildi.

Slide 1 of 5