Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
“OCHIQ BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_faoliyati #Doimiy_kimissiya_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

“OCHIQ BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan “Ochiq budjet” loyihasining 2026-yilgi 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.

📈 O‘rganish davomida Xondamir mahallasida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida, Investitsiya dasturi hamda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari ko‘zdan kechirildi.

🕯 Loyiha doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotining issiqlik tizimini, ta’mirtalab holatga kelgan o‘rab turuvchi devor qismlarini ta’mirlash, bino tom qismini yomg‘ir suvlarini oqizib chiqarish quvurlari bilan birgalikda to‘liq yangilash, shuningdek, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarni “BAS-SERVIS LYUKS” MChJ olib bormoqda.

📝 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi va qurilish-montaj ishlarining borishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5