Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati Dushamov Elyor Shuhrat o‘g‘li hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan tumanning Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏢 O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, kirish qismlari, umumiy foydalanish joylari, shuningdek, uylar atrofining sanitariya-tozaligi, obodonlashtirilganligi hamda tungi yoritish tizimining holati ko‘zdan kechirildi.
💡 Shuningdek, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, hududlarda tozalik va tartibni saqlash, yoritish tizimini yaxshilash hamda aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
🤝 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar aholisi bilan ham muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi hamda qayd etilgan masalalarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✅ Bu kabi o‘rganishlar ko‘p qavatli uylarni namunali saqlash, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish va fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7